Shundan soʻng, viloyat ichki ishlar organlarining tungi xizmatga jalb etilgan xodimlari, bosh boshqarma tezkor xizmatlari, PPX hamda tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbarlik otryadi xodimlaridan iborat maxsus guruh tuziladi va voqea joyiga boriladi.

U yerda haqiqatdan ham 100 nafardan ortiq fuqarolar ishtirokida tavakkalchilikka asoslangan xoʻroz oʻyini tashkil etilganligi, voqea joyida karantin qoidalarini qoʻpol ravishda buzilganligi, shuningdek, ferma hovlisida xizmat koʻrsatayotgan noqonuniy savdo shoxobchasida isteʼmol uchun olib kelingan mahsulotlar mutlaqo sanitariya qoidalarga javob bermasligi aniqlangan.

Shundan soʻng tadbir xodimlari tomonidan oʻyinlarda ishtirok etayotgan jami 124 nafar shaxslar qoʻlga olingan va tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan. Oʻyin uchun olib kelingan xoʻrozlar daliliy ashyo sifatida olingan.

Bundan tashqari, ushbu shaxslar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasini qoʻpol ravishda buzganliklari uchun maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Hozirda holat yuzasidan qoʻshimcha surishtiruv olib borilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati