Oʻrtaga katta miqdorda pul tikib, qimor oʻyini tashkil etgan jinoiy guruh qoʻlga olindi, deya xabar beradi Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Taʼkidlanishicha, IIB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida 1962-y.t. Quva tumani, Qalinpoʻstin MFYda yashovchi A.T. jinoiy sherigi 1974-y.t, Qayragʻoch MFYda yashovchi N.M.lar bir guruh boʻlib qimor va tavakkalchilikka asoslangan xoʻroz oʻyini tashkil qilgan.

Ushbu jinoiy faoliyatga yana 3 nafar shaxslarni sherik qilib, Fargʻona shahar, Mustaqillik mfyda 400 nafar ishtirokchilarni jalb qilgan holda “Xoʻroz urishtirish” uchun sharoit yaratib, ishtirokchilarning har biridan 50 ming soʻmdan pul yiqqan vaqtda ushlandi.

Bundan tashqari tadbir davomida kassadan 84 mln 356 ming soʻm, 3 ming 750 AQSH dollari, 8 ming 741 Qirgʻiziston somi, qimor oʻyinga kelgan shaxslardan 14 million soʻm pullar, 14 dona xoʻroz, va boshqa buyumlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.