“Rasmiy tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, bir kishi qariyalar va nogironlar uyiga kirib, odamlarga qarata o'q uzgan, besh kishi voqea joyida halok bo'ldi, qolganlarga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda”, deya xabar berdi milliy telekanal.
Mahalliy OAV hujum uyushtirgan shaxs allaqachon hibsga olinganini taxmin qilmoqda, Xorvatiya Ichki ishlar vazirligi hali bu haqda rasmiy bayonot bermadi, deb xabar beradi ria.ru.