Xose Venansio Lopes O'zbekistonga kelyapti

    U futzal bo'yicha besh bora jahonning eng yaxshi murabbiyi hisoblanadi.

    2024 yilning 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari O'zbekistonda futzal bo'yicha jahon chempionati bo'lib o'tadi. Mundialda dunyoning eng kuchli 24 jamoasi chempionlik uchun kurash olib boradi. O'zbekiston futzal milliy jamoasi yurtimizda o'tkaziladigan chempionatga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

    “Jamoani muhim turnir oldidan yanada yuqori darajaga olib chiqish borasida sa'y-harakatlar olib borilyapti. Jahonda yuksak mavqega ega mutaxassis Xose Venansio Lopes yaqin kunlarda mamlakatimizga tashrif buyurib, O'FA rahbariyati bilan o'zaro hamkorlik shartnomasini tuzish bo'yicha muzokaralar o'tkazadi”, deya xabar berdi O'FA.

    Lopes ikki bor Ispaniya milliy jamoasini Evropa chempioniga aylantirgan, jahon chempionati finaliga olib chiqqan. SHuningdek, futzal bo'yicha besh bor jahonning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.