баннер
24 Apr 2025
20:10

    Xotin-qizlar tadbirkorligi uchun qoʻshimcha 200 million AQSH dollari ajratiladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, 2025-yilda xotin-qizlar loyihalari uchun qoʻshimcha 200 million AQSH dollari ajratilishi belgilandi. Bu mablagʻlar quyidagicha yoʻnaltiriladi.

    Bunda:

    • Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ikki hafta muddatda yetti yil muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasida jami 100 million AQSH dollari ekvivalentida, AT «Xalq banki«ga 35 million AQSH dollari,
    • «Biznesni rivojlantirish banki« ATB.ga 35 million AQSH dollari
    • «Mikrokreditbank« ATBga 30 million AQSH dollari miqdorida kredit resurslari ajratiladi.

    Tijorat banklari “Mahalla loyihasi” dasturi doirasida loyihalarni moliyalashtirish uchun tashqi moliya bozorlaridan 100 million AQSH dollari jalb qilishi belgilandi.

    Xotin-qizlarning loyihalarini moliyalashtirishga:

    • “Biznesni rivojlantirish banki” ATBga ajratilgan mablagʻlar hisobidan “HAMROH” tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida;
    • AT “Xalq banki” va “Mikrokreditbank” ATBga ajratilgan mablagʻlar hisobidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasida belgilangan tartib va mexanizmlar asosida kreditlar ajratiladi.

    Qaror ijrosini har oyda muhokama qilib borish, ijro uchun masʼul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklandi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech