“Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash , ularning muammolarini oʻrganib manzilli yordamlar koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda ularning mazmunli dam olishlariga ham aloxida etibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 5-iyul kuni 48 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsisi tomonidan Xiva shahriga sayohatga yuborildi. Ayollarimiz Yurtimizda xotin qizlarga qaratilayotgan eʼtibor va berilayotgan imkoniyatlar uchun Prezidentimizga oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.