Uçraşuv mehmoni Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist, taniqli siyosiy şarhlovçi, professor Qobilbek Karimbekov Davlat bayroği mustaqilligimiz, milliy ğururimiz va xalqimiz birdamligining timsoli ekani va bu ramz ortida asrlar davomida ozodlik orzusi bilan yaşagan, öz millatining maʼrifati va kelajagi yölida jonini tikkan insonlarning taqdiri mujassamligini alohida taʼkidladi.

Mustaqillikka erişiş yölida xalqimizning köplab ziyoli va fidoyi farzandlari nohaq ayblovlar bilan jabr körgani, köpçiligi hayotdan bevaqt köz yumgani tarixiy haqiqatdir. Şu bois bayroq bugun faqat davlatçilik belgisi emas, balki öşa insonlar armonining röyobga çiqqanidan dalolat beruvçi ramz hamdir.

Suhbat davomida qatağon qurbonlarining hayot yöli, ularning xalq va Vatan oldidagi xizmatlari atrofliça yoritildi. Bu insonlar öz davrida el-yurt ravnaqi, ilm-maʼrifat va milliy özlikni asraş yölida maşaqqatli kuraş olib borgani, buning evaziga esa oğir sinovlarga duçor etilgani qayd etildi. Tarixning bu fojiali sahifalaridan olinadigan saboq alohida urğu bilan taʼkidlandi

Uçraşuvda tarixiy xotirani asraş, haqiqatni biliş va uni yoş avlodga yetkaziş mustaqil davlatning mustahkam poydevori ekani eʼtirof etildi. Ötmişini bilmagan xalq kelajagini işonç bilan qura olmaydi. Şu maʼnoda qatağon qurbonlari xotirasini eʼzozlaş nafaqat burçimiz, balki özligimizni anglaş yölidagi muhim qadam hisoblanadi.

Tadbirda şuningdek, davlat ramzlarining mazmun-mohiyati, mustaqil Özbekistonning xalqaro maydondagi örni, bugungi dunyoda yuz berayotgan voqealar va murakkab siyosiy jarayonlar xususida ham fikr almaşildi.

Bunday maʼrifiy uçraşuvlar xodimlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini oşiriş, dunyoqaraşini kengaytiriş hamda ularda vatanparvarlik tuyğusini mustahkamlaşga xizmat qiladi. Zero, bu kunlarning qadriga yetiş va uni asraş har birimizning zimmamizdagi masʼuliyatdir. Bu masʼuliyat esa ötmişni unutmaslikdan, undan töğri xulosa çiqarişdan boşlanadi.

Aʼzamjon ABULFAYZOV