Xovos tumanida hokim almashdi

    Yuldashev Qomus Mirovich Xovos tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.

    U qadarga qadar Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yurtitib kelgan.

    Maʼlumot uchun, Qomus Yuldashev 1983-yilda Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida tugʻilgan. 2004-yilda Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan.

    Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Yoʻldoshev Ulugʻbek Xasanovich bugungi Xovos tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida egallab turgan lavozimidan ozod etildi.