Xovos tumanida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi ochildi

    Raqamlashtirish 27 Oktabr 2020 635

    Sirdaryo viloyatida bugungi kunga qadar Mirzaobod, Sayxunobod tumanlari va Guliston shahrida Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlar tashkil etilgan. Ushbu markazlarga 300 nafardan ortiq yoshlar jalb etilib, 100 nafardan ortiq yoshlarga kurslarni muvaffaqiyatli bitirganlari toʻgʻrisida sertifikatlar topshirildi.

    Joriy yilning 27-oktyabr kuni Xovos tumanida yana bitta Raqamli texnologiyalar oʻquv markazi tashkil etildi. Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining oʻrinbosari Qahramon Yuldashev ishtirok etdi.

    Markaz zamonaviy kompyuter jihozlari va yuqori tezlikdagi internet tarmogʻi bilan taʼminlangan boʻlib, hudud yoshlariga raqamli texnologiyalar, dasturlash asoslari, robototexnika boʻyicha oʻquv kurslar tashkil etish va kibersportni yana-da ommalashtirish, bu sohada mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish uchun moʻljallangan.

    Shuningdek, markazda ushbu hududdagi davlat va hoʻjalik boshqaruvi organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining rahbar va xodimlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha malakalarini oshirish maqsad qilingan.