Coworking soʻzining oʻziyoq bu maskan yoshlarning hayotga yangicha yondashuvi, zamonaviy fikrlar, innovatsion gʻoyalar shakllanadigan, hayotga tatbiq etiladigan markaz boʻlishiga ishoradir.
Markazning qurilishiga 1 milliard 400 million soʻm mablagʻ sarflandi. “Yosh tadbirkorlar” uchun moʻljallangan coworking markazi yoshlarning biznes tashabbuslari, gʻoyalari, loyihalari, nou-xaulari, startaplarini amalga oshirish, ularni qoʻllab-quvvatlash, yuridik hamda tijoriy maslahatlar berish, buxgalteriya hisobotlarini yuritish, master-klasslar oʻtish, seminarlar tashkil etish va boshqa bir qancha xizmatlarni yoʻlga qoʻyishga moʻljallangan.
Shuningdek, bu yerda tumanda faoliyat koʻrsatishni niyat qilgan yoshlar uchun ofislar olishi va oʻz tadbirkorligini yoʻlga qoʻyish imkoni ham yaratildi. Markaz ishga tushishi bilan 10 dan ziyod yangi ish oʻrinlari yaratildi.











