Bu haqda Sirdaryo viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Voqea joyiga viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘in-qutqaruv otryadi zudlik bilan yetib borib, qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan. Afsuski, ushbu hodisa oqibatida ikki nafar fuqaro vafot etdi, bir nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga joylashtirildi.
Holat haqida xabar topgan viloyat hokimi hamda tegishli mas’ullar ham voqea joyiga yetib bordi va vaziyat to‘liq nazoratga olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda, — deyiladi hokimlik axborotida.