“Xrustalnaya Turandot” Toshkent VGIK ustasi Rustam Sagdullayevga taqdim etildi

    Madaniyat 20 Iyun 2023 1928

    Yaqinda Yevgeniy Vaxtangov nomli teatrda “Xrustalnaya Turandot” (“Billur Turandot”) Birinchi teatr mukofotini tantanali topshirish XXII Marosimi boʻlib oʻtdi.

    Dastlab “ Xrustalnaya Turandot” Moskva teatr mukofoti sifatida yaratilgan boʻlsa, kecha u nafaqat Moskvadan, balki Rossiyadan tashqarida ham chiqdi. Shunday qilib “Shon-sharaf, qadr-qimmat va tomoshabinga xizmat koʻrsatgani uchun” faxriy mukofot Toshkent VGIK ustasi, professor Rustam Sagdullayevga topshirildi, deb xabar beradi Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.

    Avvalgi yillarda ushbu mukofotga Vasiliy Lanovoy, Oleg Yefremov, Yuriy Lyubimov, Oleg Tabakov, Mark Zaxarov, Armen Djigarxanyan, Valentin Gaft, Inna Churikova, Vladimir Mashkov, Evgeniy Mironov, Choʻlpan Xamatova, Yuliya Peresild va boshqalar sovrindor boʻlgan.