Davlat statistika qo'mitasi 2021-yilning yanvar—sentyabr oyida xorijga eng ko'p xurmo eksport qilgan hududlar nomini e'lon qildi. Unga ko'ra:

Farg'ona viloyati – 6,8 ming tonna

Toshkent viloyati – 837 tonna

Qashqadaryo viloyati – 714 tonna

Namangan viloyati – 424 tonna

Andijon viloyati – 254 tonna

Samarqand viloyati – 515 tonna

Navoiy viloyati – 269 tonna

Xorazm viloyati – 268 tonna

Surxondaryo viloyati – 202 tonna

Jizzax viloyati – 118 tonna xurmo eksport qilgan.

Shu vaqtda O'zbekiston 10 ta xorijiy davlatga qiymati 4,3 million AQSH dollariga teng 10,6 ming tonna xurmo eksport qilgan.

Xurmo eksporti o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,8 ming tonnaga kamaygan.

9 oy mobaynida O'zbekiston eng ko'p xurmo eksport qilgan davlatlar:

Qozog'iston – 5,7 ming tonna

Rossiya – 4,2 ming tonna

Ukraina – 219 tonna

Qirg'iz R. – 217 tonna

Belarus – 120 tonna

Turkmaniston – 88 tonna.