Quritilgan xurmo gipertoniyani davolash uchun ishlatiladi — agar siz kuniga 2-3 meva isteʼmol qilsangiz, u valokordin oʻrnini bosishi mumkin.

Xurmo mevalari oshqozon-ichak trakti muammolarini yengishga yordam beradi. Diareya bilan ogʻrigan bemorlar diqqatiga; 6 ta pishgan hurmoni boʻlaklarga boʻlib, 3 stakan qaynoq suvni ustidan quyib, yarim soatga dimlab qoʻyasiz. Tayyor boʻlgan shifobax ichimlikni sovutib olib har 2-4 soatda 1 stakan ichib turasiz.

Nonushtaga isteʼmol qilingan xurmo aqliy faoliyatini oshiradi. Bu ortiqcha vazn bilan kurashayotganlar uchun tavsiya etiladi — shirin taʼmga qaramay, xurmo past kaloriya hisoblanadi.

Qandli diabeti bor bemorlarga xurmo istemol qilish tavsiya etilmaydi.

Marjona Qiyomova,

Toshkent tibbiyot akademiyasining biotibbiyot muhandisligi yoʻnalishi talabasi