Shoir va maʼnaviyat targʻibotchisi Xushboq Rahimov prezident farmoniga koʻra “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
“Koʻp yillik samarali badiiy-ijodiy faoliyati bilan zamonaviy adabiyotimizni vatanparvarlik, fidoyilik, insoniylikni tarannum etuvchi asarlar bilan boyitish, xalqimizning ongu tafakkuri, maʼnaviy salohiyatini yuksaltirish, farzandlarimizni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashga qoʻshgan munosib hissasi, yurtimizdagi tub islohotlar mohiyatini jamoatchilikka yetkazish, jamiyatda millatlararo doʻstlik va totuvlikni, turli millat va elat vakillari oʻrtasida oʻzaro hamjihatlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, milliy madaniyatlar va anʼanalarni rivojlantirish borasidagi katta xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun shoir, maʼnaviyat targʻibotchisi Rahimov Xushboq «Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin», deyiladi farmonda.
Shuningdek, xitoylik Tian Shuchun ham “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.
“Oʻzbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, ikki tomonlama manfaatli sheriklikni rivojlantirish, mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni faol jalb etishga qoʻshayotgan munosib hissasi, yurtimizda olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini yanada jadallashtirish, zamonaviy qurilish-arxitektura hamda savdo va xizmat koʻrsatish sohalarida istiqbolli va innovatsion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish borasidagi katta xizmatlari uchun «TSC HK Investment” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi Tian Shuchun Oʻzbekiston Respublikasining “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlansin», deyiladi farmonda.