Xushnudbek Xudoyberdiev O'zA Bosh direktori o'rinbosari bo'ldi

    Voqea-hodisalar 1 Iyul 2020 4223

    Xushnudbek Xudoyberdiev O'zbekiston milliy axborot agentligi Bosh direktori o'rinbosari etib tayinlangan.

    Xudoyberdiev Xushnudbek G'ayratovich — huquqshunos, bloger. Zakovat intellektual klubi bilimdonlaridan biri. 2020-yildan e'tiboran Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori sifatida faoliyat olib kelayotgan edi.

    Ma'lum bo'lishicha, Xushnud Xudoyberdiev 2013 yildan buyon shu lavozimda ishlab kelgan Jumanazar Meliqulov o'rnini egallagan.

    X.Xudoyberdiev 1989-yil 7 iyunda Qashqadaryo viloyatining CHiroqchi tumanida tug'ilgan.

    U 2012-yildan buyon Xushnudbek.uz shaxsiy saytini yuritadi. SHuningdek, 2018 yil may oyida Telegram messenjerida shaxsiy kanal ochgan. Hozirda uning Telegram kanalini 287 mingdan ko'proq obunachi kuzatib boradi. 2018 yilgi blogerlar chempionatida 2-o'rinni qo'lga kiritgan. 2019 yilda esa yilning eng yaxshi blogeri deb topilgan.