Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 14-may kuni Toshkent shahridagi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida boʻlib, u yerda davolanayotgan bolalar bilan suhbatlashgan, ularning ota-onalariga dalda bergani haqida avval xabar berilgan edi.
Mazkur uchrashuvlardan soʻng bir qator bolalarning hayotlarida ijobiy oʻzgarishlar, quvonchli voqealar sodir boʻlmoqda. Jumladan, Jondor tumanidagi 12-umumtaʼlim maktabining 8-sinf oʻquvchisi Ergashev Shoxrux Ilyos oʻgʻli ham 9-sinfni yangi oʻquv yilidan boshlab Qorakoʻl Xalqaro matematika maktabida davom ettiradigan boʻldi.
20-iyun kuni mazkur maktabning direktori Temur Roʻziyev Shoxrux Ergashev xonadoniga tashrif buyurib, xushxabar bilan xonadon ahlini qutladi.