Xusniddin Norbekov yana bir karra jahon chempioni!

    Delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 15 taga yetdi. Shulardan 5 tasi oltin medallardir.

    Parij shahri mezbonligida o'tayotgan para yengil atletika bo'yicha Jahon chempionatidagi yengil atletikachilarimizning muvaffaqiyatli yurishi davom etmoqda.

    Xususan, erkaklar o'rtasida F35 klassida yadro uloqtirish dasturida startga chiqqan hamyurtimiz Xusniddin Norbekov 16 metr 78 sm natija bilan oltin medalni qo'lga kiritdi.

    Shu tariqa, delegatsiyamiz hisobidagi medallar soni 15 taga etdi. Shulardan 5 tasi oltin medallardir.