Shunga koʻra 4 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 02:03 yetib borgan va yongʻin soat 02:30 da qurshab olinib, soat 02:46 da bartaraf etilgan.
Yongʻin natijasida bino 2-qavatining 200 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yongʻindan binoning 300 kv.m maydoni saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.
Hozirda yongʻinning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.