2017-yilda 4 mingdan ortiq mahallada birorta ham bogʻcha yoʻq edi, qamrov 27 foizdan oshmasdi. Bugungi kunda bogʻchalar soni 38 mingdan, qamrovi esa 78 foizdan oshdi.
Yaqinda taʼlim sohasida eʼlon qilingan yangi imtiyoz va imkoniyatlar hisobiga bogʻcha kirib bormagan birorta mahalla qolmasligi, qamrov ham 80 foizdan kam boʻlmasligi taʼkidlandi.
Bogʻchada tarbiyachilar maoshi maktab oʻqituvchilariga tenglashtirildi. Shu oydan bogʻcha mudiralari ham maktab direktori oʻrinbosari bilan bir xil oylik oladigan boʻldi. Bir soʻz bilan aytganda, bogʻchadagi rahbar va pedagoglar oyligi qariyb 2 karra oshdi.
Endilikda xususiy bogʻchalardagi tarbiyachilar oyligi va bola xarajatining bir qismi ham byudjetdan qoplab beriladigan tizim joriy etiladi.








