Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi

    Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-950-son, 29.08.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

    Unga koʻra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

    Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining, ushbu subyektlar davlat roʻyxatidan oʻtgan hududdan qatʼi nazar, Oʻzbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi taʼminlanishi belgilanmoqda.

    Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va koʻchki xavfi mavjud boʻlgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.

    Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.