Bu boʻyicha qonunchilikda norma belgilangan. Bunda, soliq imtiyozi taqdim etilgan xususiy tibbiyot muassasalari tomonidan aholining quyidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi:

- oʻzgalarning parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va yolgʻiz yashovchi keksalar;

- I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, nogironligi boʻlgan bolalar;

- muomalaga layoqatsiz va muomala layoqati cheklangan fuqarolar;

- ijtimoiy ahamiyatga molik kasalliklarga chalingan shaxslar;

- yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar;

- 1941–1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

- 1941–1945-yillardagi urush davrida mehnat jabhasining qatnashchilari;

- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijtimoiy himoyaga muhtoj deb topilgan boshqa shaxslar.