Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qarshi shahar boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro Gʻ.Ch. fuqaro N.O.ning ishonchiga kirib, unga qoʻshni Qozogʻiston Respublikasidagi universitetlardan birida oʻqiganligi toʻgʻrisida hujjatlarni tayyorlab, Qarshi shahridagi xususiy taʼlim muassasasiga 3-bosqichdan oʻqishga kiritib, keyinchalik davlat oliy taʼlim muassasasiga koʻchirib berishi evaziga 1 500 AQSH dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.