баннер
31 Mar 2025
03:13

    Xususiy trenerlarga oʻzini oʻzi band qilish huquqi beriladi

    Soʻnggi yillarda sportga xususiy sektor kirib keldi. Lekin olimpiya sport musobaqalari haligacha faqat davlat sport maktablari oʻrtasida oʻtkazilayapti.

    Yaʼni, bu musobaqalar xususiy klublar uchun yopiq. Xususiy klublar faqat noolimpiya sport musobaqalarida qatnashib yurishga majbur.

    Davlat sport maktablariga katta mablagʻ berilayapti. Lekin, terma jamoalardagi yoshlarning atigi 20 foizi shu maktablardan chiqayapti.

    Endilikda xususiy sport klublarining yagona reyestri yuritilishi, ularning faoliyati boʻyicha standart va mezonlar yaratilishi belgilandi. Yoshlarning qamrov darajasiga qarab klublarga bepul sport jihozlari ajratiladi. Xususiy trenerlarga oʻzini oʻzi band qilish huquqi beriladi.

    Muhimi, xususiy klublardagi yoshlarimiz barcha musobaqalarda oʻz nomidan ishtirok etishi mumkin boʻladi va natijasiga qarab terma jamoalarga qabul qilinadi.

    Shuningdek, Toshkent shahrida 5 ta, viloyatlarda 1 tadan past quvvatlarda ishlayotgan sport maktabini xususiy sheriklikka berish boʻyicha loyihalarni boshlashga koʻrsatma berildi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech