“Hozirgi yondashuvlarga ko'ra, defitsit YIMning yetti-sakkiz foiziga etishi kutilmoqda, bu esa 2031-yilga kelib hukumat qarzining YAIMning 140 foiziga yetishiga olib keladi”, deyiladi hujjatda.
Unda bu butun dunyo iqtisodiyotning barqarorligiga tahdid solishi ta'kidlangan. Vaziyatni hal qilish uchun Xalqaro valyuta jamg'armasi AQShga aniq va maqsadli fiskal konsolidatsiya rejasini tayyorlashni tavsiya qilmoqda.
AQSh Moliya vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Donal`d Trampning ikkinchi muddatining birinchi yilida mamlakat davlat qarzining rekord darajada o'sishi kuzatildi, u allaqachon 37,787 trillion dollarga yetgan. 2025-yil fevral oyida bu ko'rsatkich 36,219 trillion dollarni tashkil etgan edi, deb xabar berdi ria.ru.