Xalqaro valyuta jamgʻarmasi World Economic Outlook hisobotida Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2021-yilda ilgari bashorat qilingan 5 foiz oʻrniga 6,1 foizga oʻsishini prognoz qilmoqda.

Ekspertlar 2022-yilda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti 5,4 foizga oʻsishini kutmoqda (avval — 5,3 foiz).

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Jahon banki ham Oʻzbekiston iqtisodiy oʻsishi prognozini 4,8 foizdan 6,2 foizgacha yaxshilagan edi. OTB ham oʻz hisob-kitoblarini qayta koʻrib chiqib, 4 foiz oʻrniga 5 foiz belgilagan edi.