XX asr boshiga mansub “Abdumalik” masjidi auksion orqali sotib yuborilgani aniqlandi

    Masjid 2018 yilda CHust tuman hokimining qarori bilan “hashar yo'li bilan qurilgan, hozirda qarovsiz qolgan, egasi aniqlanmagan bino” degan asossiz vaj bilan Madaniy meros inspektsiyasi balansidan hokimiyat balansiga o'tkaziladi.

    Prokuratura organlari tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda o'tkazilgan tekshirishda Chust tuman hokimligi mansabdor shaxslari tomonidan madaniy meros obektini noqonuniy hujjatlar asosida sotish va qayta qurishga ruxsat berilgani oqibatda tarixiy yodgorlikka jiddiy zarar yetkazilgani aniqlandi.

    Jumladan, madaniy meros yodgorligi hisoblangan Chust tumanining “Yangi hayot” mahallasida joylashgan XX asr boshiga mansub “Abdumalik” masjidi 2018 yilda Chust tuman hokimining qarori bilan “hashar yo'li bilan qurilgan, hozirda qarovsiz qolgan, egasi aniqlanmagan bino” degan asossiz vaj bilan Madaniy meros inspektsiyasi balansidan hokimiyat balansiga o'tkaziladi.

    So'ng, tuman hokimligining tashabbusi bilan ushbu masjid binosi auksion savdolari orqali fuqaro T.A.ga 61 million so'mga sotib yuboriladi.

    Tuman hokimining 30.04.2019 yildagi qarori bilan ushbu madaniy meros obektini qayta qurishga noqonuniy ravishda ruxsat beriladi. Oqibatda, fuqaro T.A. tomonidan “Abdumalik masjidi”ning 61,1 kv.metr shift qismining qaytadan ta'mirlanib, tusi o'zgartirilganligi natijasida unga jiddiy zarar yetkazilgan.

    Tekshirish natijasiga ko'ra, Chust tuman hokimligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqida Bosh prokuratura xabar bermoqda.