21 asrning eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

    “Barselona” klubi sobiq hujumchisi Lionel Messi mashhur sport nashri ESPN talqiniga ko'ra, XXI asrning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

    Argentina terma jamoasi va Amerikaning “Inter Mayami” klubi hujumchisi Portugaliya terma jamoasi yetakchisi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirdi. Ronaldu ikkinchi o'rinni band etdi.

    ESPN talqiniga ko'ra XXI asrning eng yaxshi 10 nafar futbolchisi:

    1. Lionel Messi (Argentina).

    2. Krishtianu Ronaldu (Portugaliya).

    3. Tyerri Anri (Fransiya).

    4. Zinedin Zidan (Fransiya).

    5. Luka Modrich (Xorvatiya).

    6. Kilian Mbappe (Fransiya).

    7. Andres Inyesta (Ispaniya).

    8. Xavi (Ispaniya).

    9. Ronaldo (Braziliya).

    10. Ronaldin`o (Braziliya).

    Argentinalik futbolchi Lionel Messi 2022-yilning kuzida dunyoning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan “Oltin to'p” sovrinini sakkizinchi bor qo'lga kiritgandi, deb xabar beradi tengrisport.kz.