“Inter Mayami” hujumchisi argentinalik Lionel Messi talkSPORT talqini bo'yicha XXI asrning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Kuchli beshlikka 37 yoshli argentinalik futbolchidan tashqari portugaliyalik Krishtianu Ronaldu, braziliyalik Ronaldino, fransiyalik Zinedin Zidan va ispaniyalik Andres Inyesta kirdi.
Xorvatiya terma jamoasining sobiq sardori Luka Modrich 14-o'rinni, “Real” hujumchisi Kilian Mbappe esa 23-o'rinni egalladi, deb xabar beradi gazeta.ru.