Bu qanday ishlaydi?

YAIDXP (my.gov.uz) “Gidrogeologik xulosa olish” xizmati tanlanib, ariza uchun taqdim etilgan soʻrovnoma toʻldiriladi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi tizimidagi gidrogeologiya korxonalariga joʻnatiladi.

Tashkilot gidrogeologik xulosa berish uchun arizani qabul qilish yoki rad etish boʻyicha YAIDXP orqali maʼlumot joʻnatadi. Korxona tomonidan xulosa tayyorlanib, titul varagʻiga QR-kod qoʻyiladi. Soʻngra tegishli manzilga joʻnatiladi.

Xizmat koʻrsatish muddati: 9 ish kuni.

Ariza Yagona portal orqali topshirilganda 10 foizlik chegirma mavjud.

Xizmatdan foydalanish uchun ushbu havolaga oʻting: https://my.gov.uz/uz/service/393