Yahyo as-Sinvar HAMAS siyosiy byurosining yangi rahbari etib saylandi

    YAhyo as-Sinvar HAMAS siyosiy byurosining yangi rahbari etib saylandi, deb xabar berdi Falastin harakati.

    “HAMAS islomiy qarshilik harakati o'ldirilgan Ismoil Haniya o'rniga Yahyo as-Sinvar harakatning siyosiy byurosi rahbari etib saylanganini e'lon qildi”, deyiladi bayonotda.

    Ilgari as-Sinvar G'azo sektoridagi harakat yetakchisi edi, deb xabar beradi ria.ru.