Fahad Nahdi hokim bilan uchrashuvda tumanda Hindistondagi "Rubby Hall" kasalxonasi filialini ochish hamda eng so'ngi diagnostika texnologiyalari va doktorlarni olib kelib, hamkorlikda ishlash taklifini berdi. Ushbu taklif tuman hokimi tomonida ma'qullanib, har tomonlama qo'llab-quvvatlanishi bildirildi.
Fahad Nahdi tuman tibbiyot birlashmasida bo'lib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi hamda og'ir bemorlarni qabul qildi. Ularga kerakli tavsiyalarni berdi.
Ma'lumot o'rnida: "Rubby Hall" kasalxonasi Hindiston davlatining Puna shahrida joylashgan bo'lib, mamlakatdagi eng etakchi kasalxonalaridan biri hisoblanadi.