Yakkasaroyda 6 tasmali 3 ta yo‘l o‘tkazgich va avtomobil yo‘li qurilmoqda

    Urbanizatsiya 10 Sentabr 2020 728

    2020-2021-yillarda Toshkent shahar Yakkasaroy tumanining Cho‘ponota ko‘chasidan Yakkasaroy tumanining KXAY, TXAY va Qipchoq ko‘chalari oralig‘ida joylashgan 6 tasmali 3 ta yo‘l o‘tkazgich va avtomobil yo‘li qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

    Choʻponota koʻprigi qurilishi eng soʻngi texnologiyalariga koʻra qurilmoqda. Butun dunyoda faol qoʻllanilayotgan, jahon standartlariga mos keladigan monolit oraliq qurilmalari texnologiyasini qoʻllagan holda qurilish – montaj ishlari olib borilmoqda.

    Koʻprikning tayanch ustunlari 47 ta, ularning balandligi 13 metrgacha boʻlishi boʻljalangan. Koʻprikning estetik jihatdan chiroyli koʻrinishi uchun ustunlarini maxsus jihozlar bilan bezatilishi nazarda tutilgan. Tungi yoritish tizimi koʻprikga aholining eʼtiborini tortuvchi zamonaviy koʻrinishni taʼminlaydi.

    Choʻponota koʻprigining umumiy uzunligi 597 metrni, bogʻlamalari bilan birgalikda 950 metrni tashkil qiladi. Koʻprik qurilishida avtomobillar, piyodalar va velosiped uchun yoʻlaklar nazarda tutilgan.

    Koʻprik qatnov qismi qoplamasining eng soʻngi texnologiya va yuqori sifatli qurilish materiallarini qoʻllagan holda qurilishi, avtomobil va piyodalarning qulay harakatlanishini taʼminlaydi.