Respublikaning barcha hududlari boʻyicha asosan kam bulutli, yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Joylarda tuman tushishi kuzatiladi.
Respublika hududi boʻyicha havo haroratining koʻtarilishi notekis boʻladi. Bugun kunduzi respublikaning katta qismida harorat 0-5 daraja iliq atrofida, Surxondaryo viloyatida 7-10 daraja iliqgacha boʻladi. Ammo Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 2-4 daraja sovuq atrofida boʻlishi saqlanib turadi.
Dam olish kunlari respublika boʻyicha havo massasining asta-sekin isishi davom etadi Harorat kechalari 3-8 daraja sovuq, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining ayrim joylarida 10-12 daraja sovuq atrofida boʻladi. Kunduz kunlari harorat 2-7 daraja iliqgacha, Surxondaryo viloyatida 10 daraja iliqgacha boʻladi.
Poytaxtimizda dam olish kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati bugun kunduzi asta-sekin 2-4 daraja iliqgacha, yakshanba kuni 5-7 daraja iliqgacha koʻtarilida. Kechalari 3-5 daraja sovuq boʻladi.