Bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, Surxondaryo viloyatida baʼzi joylarda va kunning ikkinchi yarmida Fargʻona vodiysi viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati 24-27 daraja atrofida, baʼzi joylarda 29 darajagacha, janubda 32-34 darajagacha boʻladi.
Ertaga kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda va Fargʻona vodiysi viloyatlarida jadalligi biroz boʻlgan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Harorat kunduzi 26-29 daraja, janubda 32-34 darajagacha boʻladi.
26-may, yakshanba kuni asosan yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Kunduzi harorat 17-22 darajagacha pasayadi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda 24-mayda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, 25-26-may kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi, ayrim joylarda kuchli boʻladi. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol 15-20 m/s gacha kuchayadi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli saqlanib turadi.
Poytaxtimizda: bugun vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat 24-26 daraja boʻladi.
Shanba kuni kunning ikkinchi yarmida va yakshanbaga oʻtar kechasi vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomgʻir yogʻadi. Momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Yakshanba kuni kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi.
Harorat shanba kuni kechasi 16-18 daraja, kunduzi 26-28 daraja, yakshanba kuni kechasi 12-14 daraja, kunduzi 19-21 daraja boʻladi.