Bu haqda Oʻzgidromet xabar berdi.
Hududning katta qismida havo harorati +34…+37 atrofida boʻladi. Yakshanba kuni havo biroz salqinlashadi, harorat +30…+33 daraja atrofida, janubda +35…+37 darajagacha boʻladi.
Namangan, Fargʻona viloyatlarining togʻoldi va togʻli hududlarida 23−24-avgust kunlari baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Asosan sharqiy yoʻnalishdagi shamol 7−12 m/s tezlikda esadi, togʻli hududlarda 13−18 m/s gacha kuchayadi.
Poytaxtda havo kam bulutli boʻladi. Shamol 3−8 m/s tezlikda esadi, shanba kuni kechga tomon 10−12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechalari +19…+22 daraja, ertaga kunduzi +33…+36 daraja, yakshanba kuni +31…+36 daraja boʻladi.