Faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida ayrim joylarda 16-avgust kuni kechasi va ertalab qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Havo harorati 15-16-avgust kunlari asosan +30...+35 daraja, janubda +38 darajagacha boʻladi.
Yakshanba kuni Oʻzbekiston hududiga nisbatan salqin havo kirib kelishi kutilmoqda, havo harorati 2-3 darajaga pasayadi.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 17-avgust kuni baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda: bugun va ertaga asosan kam bulutli ob-havo kuzatiladi, 17-avgust — yakshanba kuni havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-15 m/s gacha kuchayishi, baʼzi joylarda chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Harorat kechalari +19...+21 daraja, kunduz kunlari 15-16 avustda +32...+35 daraja, 17-avgustda +28...+30 daraja boʻladi.









