Lekin tabiatning ongli mavjudoti bo'lgan inson o'z aqli, idroki, tafakkuri, bilim va iqtidori bilan har qanday mudhish ofatlar bilan ham kurashib doimo g'olib kelgan.
SHunga qaramay, o'z nafsini deb qonunni ham, xalq manfaatini ham oyoqosti qilayotgan ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan tovar-moddiy boyliklarni qo'shni davlatlardan o'tkazib sotish xolatlari hamon uchrab turibdi.
Sirdaryo viloyati Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo'limi xodimlari tomonidan, oldindan olingan tezkor ma'lumotlarga asosan, DXXning viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent viloti CHinoz tumani hududida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.U.D. boshqaruvidagi “Spark” rusumli engil avtotransport vositasi xolislar ishtirokida ko'zdan kechirildi, natijada avtotransport vositasining salonida 6 dona skotchlangan qog'oz korobkalarda bojxona rasmiylashtiruvidan o'tkazilganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo'lmagan xorijda “HERBOLIFE” firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan hamda sifati kafolatlanmagan taxminiy qiymati 40 200 000 so'mlik, 5 xil turdagi jami 104 dona biologik faol qo'shimchalar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.
Olib borilgan dastlabki surishtiruvlar davomida ushbu bioaktiv qo'shimchalar fuqaro S.U.D.ga tegishli ekanligini va qo'shimcha daromad topish maqsadida sotmoqchi bo'lganligini bayon etdi.
Aniqlangan xolat yuzasidan xozirda bojxona surishtiruvlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati bojxona
boshqarmasi axborot xizmati