Yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi

    “Oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (836-son, 13.12.2024-y.) qabul qilindi.

    Qarorga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda ham tashkil etish amaliyoti joriy qilinadi.

    Quyidagilar tasdiqlandi:

    Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

    Kasbiy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

    Shuningdek, diplom loyihasi hamda bitiruv malakaviy ishi himoya qilinadigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati taʼlim sohalarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

    2025-yil 1-yanvardan kasbiy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarining malakasini oshirish oʻquv rejalariga “Germaniya tajribasi” asosida bitiruvchilarni baholash boʻyicha oʻquv kursi kiritiladi.