Bu haqda Rossiya fanlar akademiyasi Sibir bo'limi Doimiy muzliklarni o'rganish instituti yetakchi ilmiy xodimi Nikita Tanayev ma'lum qildi.
Olim iqlim o'zgarishlari o'simlik va hayvonot dunyosiga eng tez ta'sir ko'rsatishini ta'kidladi. Shu bois, shimolda ilgari bu yerda bo'lmagan turlar paydo bo'ladi. Xususan, yaqinda ekologlar Arga-Tas tog' tizmasining yuqori qismida qora-kulrang qanotli va naqshli kapalakning yangi kichik turini topishdi. Bundan tashqari, mazkur hududda kana paydo bo'lgan, Tanayevning so'zlariga ko'ra, bu mahalliy aholiga ko'p muammo keltirmoqda.
Yozda olimlar Yakutiyada yashamaydigan qora kalxatni ham, oq ayiqlar yashaydigan Kolima daryosining quyi oqimida qo'ng'ir ayiqlarni ham payqashdi, deb xabar beradi mir24.tv.