“Bolalar demontaj qilinayotgan eski zinapoya ostida o'ynagan”, — deyiladi departamentning telegram-sahifasida.
Plitaning qulab tushishi oqibatida o'n bir yoshli qiz halok bo'ldi. Besh yoshli bolakay va ikki nafar yetti yoshli qiz kasalxonaga yotqizilgan.
Hodisa sabablariga oydinlik kiritilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.