Yamanlik husiylar Isroil mudofaa kuchlarining yaqinda o'tkazgan “Qora bayroq” operatsiyasiga javoban 7-iyulga o'tar kechasi Isroilga raketa zarbalari berdi. Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) o'z matbuot xizmatiga tayanib, voqea haqida 7-iyul, dushanba kuni ma'lum qildi.
Harbiylarga ko'ra, raketa uchirilishi aniqlangan va havo hujumidan mudofaa tizimlari tahdidni zararsizlantirish bo'yicha faol ishlamoqda. Hodisadan so'ng darhol Isroilning bir qancha hududlarida, jumladan Quddus, O'lik dengiz sohillari va Yahudiyada raketa haqida ogohlantirish sirenalari yangradi. SAXAL aholini Ichki front qo'mondonligi tomonidan berilgan ko'rsatmalarga amal qilishga chaqirdi.
SAXAlning soat 4:20 dagi yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, Yaman hududidan bir emas, ikkita raketa uchirilgan. Harbiylar ularni tutib olishga urinishlar bo'lganini aytdi.
Isroil kuchlari 7-iyun kuni Yamanda o'tkazgan “Qora bayroq” operatsiyasi, Isroil rasmiylariga ko'ra, husiylar tomonidan terrorchilik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan bandargohlar va elektr stansiyalariga havo hujumlarini o'z ichiga olgan. Bu tomonlar o'rtasidagi mojaroning keskinlashuvining navbatdagi bosqichi bo'di, deb xabar beradi korrespondent.net.









