“UKMTO Yamanning Xodeyda shahridan janubi-g'arbda 63 dengiz milyasi (taxminan 116,6 kilometr) uzoqlikda sodir bo'lgan hodisa haqida xabar oldi”, deyiladi boshqarmaning X ijtimoiy tarmoqdagi postida.
Hodisa hujum sifatida baholanmoqda va rasmiylar tergov olib bormoqda, deyiladi boshqarma xabarida. UKMTO kemalarga hududda ehtiyotkorlik bilan harakat qilishni va har qanday shubhali harakat haqida xabar berishni tavsiya qildi, deb xabar beradi ria.ru.