Yamanda husiylarga qarshi zarbalar: 10 davlat bayonot bilan chiqdi

    O'nta davlat 12-yanvar, jumaga o'tar kechasi bayonot berib, zarbalarni “jamoaviy o'zini-o'zi mudofaa” deb ta'rifladi.

    Daniya, Germaniya, Yangi Zelandiya va Janubiy Koreya hukumatlari Avstraliya, Bahrayn, Kanada va Niderlandiya ko'magidagi Buyuk Britaniya va AQSh harbiy kuchlari ishtirokidagi zarbalardan so'ng bayonotga o'zlarini qo'shishdi.

    Bayonotda aytilishicha, zarbalar “BMT Nizomiga muvofiq, ajralmas shaxsiy va jamoaviy mudofaa huquqiga muvofiq” amalga oshirilgan.

    Bayonot mualliflari BMT Xavfsizlik kengashining 1-dekabr va 10 yanvardagi husiylarning savdo kemalariga uyushtirgan hujumlarini qoralagan qarorlarini eslatdi.

    “Husiylarning Qizil dengiz orqali o'tayotgan kemalar, xususan savdo kemalari, nisbatan davom etayotgan noqonuniy, xavfli va beqarorlikka olib keluvchi hujumlariga javoban AQSh va Buyuk Britaniya qurolli kuchlari Niderlandiya, Kanada, Bahrayn Avstraliyaning qo'llab-quvvatlashi asosida Yamanning husiylar nazorati ostidagi bir qator hududlariga BMT Nizomiga muvofiq individual va jamoaviy o'zini o'zi himoya qilish huquqiga muvofiq qo'shma zarbalar berdi”, deyiladi bayonotda.

    Shu kechada AQSh va Buyuk Britaniya husiylarga qarshi zarbalar berdi. Keyinroq AQSh Prezidenti Jo Bayden bu borada bayonot berdi. Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak ham Buyuk Britaniya havo kuchlari harbiy nishonlarga aniq zarbalar berganini tasdiqladi, deb xabar beradi korrespondent.net.