Bu haqda Al Hadath telekanali xabar tarqatdi.
“Al Masirah” telekanali ma'lumotlariga ko'ra, Xodeydaga qilingan hujumda 87 kishi jarohatlandi, ularning aksariyati og'ir ahvolda.
Aniqlik kiritilishicha, ularning aksariyati bomba portlashi oqibatida kelib chiqqan yong'in tufayli jarohat oldi.
20-iyul kuni Isroil harbiy-havo kuchlari samolyotlari Yaman g'arbidagi Xodeyda bandargohiga hujum uyushtirgan edi. SAXALning ta'kidlashicha, “ikki maqsadli obyektlar va energiya infratuzilmasi” hujumga uchradi, deb xabar beradi report.az.
Avvalroq Isroil harbiy-havo kuchlarining Xodeyda portiga uyushtirgan hujumi oqibatida kamida uch kishi halok bo'lgani, yana 15 kishi jarohatlangani xabar qilingandi.