Isroilning “Qizil Devid” favqulodda xizmatlaridan berilgan bayonotda, Isroil janubidagi Eylat shahrida Yamandan kelgan portlovchi uchuvchisiz uchoq halokatida jarohatlanganlar soni ortgani qayd etildi.
Bayonotda, uchuvchisiz uchoq hujumida 50 kishining yaralangani, ulardan 3 nafarining ahvoli og'ir ekani, jabrlanganlarning tibbiy muolajalar uchun hududdagi Yoseftal shifoxonasiga olib borilganligi qayd etildi.
Isroil davlat televideniyesining – KANning xabar berishicha, Yamandan uchuvchisiz uchoq Eylatdagi mehmonxona yaqinida qulab tushgan. KANning ma'lum qilishicha, Isroil armiyasi havo hujumidan mudofaa raketalarini ishga tushirgan, biroq uchuvchisiz uchoqni urib tushira olmagan.
Yedioth Ahronoth gazetasi xabarida qayd etilishicha, uchuvchisiz uchoq Eylat markazida, savdo va ko'ngilochar joylar joylashgan hududga qulab tushgan.
Isroil armiyasi Yamandan husiylar tomonidan uchirilgan uchuvchisiz uchoqni tutib olishga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchraganini bildirdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilingan videoda Yamandan uchirilgan uchuvchisiz uchoq qirg'oq yaqinida qulagani aks etgan.
7-sentabr kuni Yamandan husiylar tomonidan uchirilgan uchuvchisiz uchoq mamlakat janubidagi Ramon aeroportida qulab tushgandi va bir kishi yengil jarohat olgan edi, deb xabar berdi aa.com.tr.









