Yana 10 ta eskirgan tez tibbiy yordam mashinalari yangisiga almashtirildi

    Salomatlik 15 Mart 2023 1695

    Sirdaryo viloyatida yana 10ta “Damas” va boshqa eskirgan tez tibbiy yordam mashinalari yangi, zamonaviy avtotransport vositalarga almashtirildi.

    Bu, shubhasiz, tibbiy brigadalarning chaqiriqlarga kechikish holatlarini sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.

    Yaqinda viloyatining 8 ta hududidagi “Dammas” va boshqa eskirgan tez tibbiy yordam mashinalari A toifali “Wolkswagen Caddy” rusumli zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalarga almashtirilgan boʻlsa, kuni kecha, 10 ta tez tibbiy yordam boʻlimlaridagi eski avtomashinalar yangi, zamonaviy “Wolkswagen Caddy” rusumli tez tibbiy yordam mashinalariga almashtirildi.

    Yangi qabul qilingan 10 ta tez tibbiy yordam mashinalari hisobiga Sirdaryo viloyat tez tibbiy yordam tizimidagi “Wolkswagen Caddy” rusumli tez tibbiy yordam mashinalari soni 23 taga yetdi.

    — 2024-yil soʻngiga qadar, shu turdagi avtomashinalardan yana 57 tasi Sirdaryo viloyatiga keltirilib, “Dammas” va boshqa eskirgan tez tibbiy yordam mashinalar oʻrnida ishlay boshlaydi, — deydi Respublika tez tibbiy yordam markazi Sirdaryo filiali direktori Oybek Usmonov. — Albatta, tibbiy avto texnikaning yangilanishi tez tibbiy yordam brigadalari ishini yanada yaxshilash, chaqiriqlarni vaqtida bajarish, ogʻir ahvoldagi bemorlarga oʻz vaqtida tez tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beradi.

    Sirdaryo viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.