Buning natijasida rossiyalik ish beruvchilar va masʼul tashkilotlar bilan kelishgan holda koʻplab fuqarolarimiz Rossiya Federatsiyasiga vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun yuborilmoqda.

Mazkur kelishuvlarga muvofiq, Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi uy qurilishi uchun 50 nafar, shuningdek, Amur viloyatida Kosmodrom atrofidagi qurilish obyektlarida ishlash uchun 199 nafar yurtdoshimiz charter reys orqali joʻnab ketdi.

Fuqarolarning transport, ovqatlanish, ishlash uchun ruxsat beruvchi patent va yashash xarajatlari, agarda ishchida kasallik aniqlansa, uning davolanishi ish beruvchi kompaniyalar tomonidan taʼminlanishi, shuningdek, ularning oylik ish haqi oʻrtacha 40-60 ming rublni tashkil etishi belgilangan.

Yurtdoshlarimiz 14 kunlik karantindan soʻng belgilangan epidemiologik talablar va karantin cheklovlariga rioya qilgan holda qurilish obyektlarida ish boshlaydi.