Omborlardagi oʻgʻitlar qoldigʻini kunlik monitoring qilib, yetishmagan qismini zudlik bilan yetkazish muhimligi qayd etildi.

Buning uchun fevral-aprel oylarida birjaga chiqadigan mineral oʻgʻit kunlik hajmini 6 ming tonnadan 9 ming tonnaga oshirishga koʻrsatma berildi.

Yigʻilishda oʻgʻit sifati va ustamasi boʻyicha ayrim tumanlarda eʼtirozlar boʻlayotganiga toʻxtalib oʻtildi.

Prezident mutasaddilarga fermerlarga oʻz hisobidan oʻgʻit sotib olishda qulay moliyaviy mexanizmlarni joriy qilish boʻyicha taklif kiritishga topshiriq berdi (masalan, bank yoki sugʻurta kafolati asosida boʻlib-boʻlib toʻlash, tijorat krediti foizlarini pasaytirish).

Joylardagi omborlardan klaster va fermerlarga mineral oʻgʻitni tashishda transportni logistika portalida majburiy roʻyxatdan oʻtkazish tartibi bekor qilinadi.

Shuningdek, fermerlarga yoqilgʻini oʻz vaqtida yetkazib berishda nazoratni kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.