Boks boʻyicha jahon chempionatida 8 nafar oʻzbekistonlik medalni naqd qildi

    Sport 11 Sentabr 2025 1247

    Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks boʻyicha jahon chempionatining chorak final bahslari yakunlanmoqda.

    Ortda qolgan kun Oʻzbekiston terma jamoasining 8 nafar vakili gʻalaba qozondi va yarim finalga yoʻl olish bilan birga oʻzlari uchun shohsupadan joy hozirlab qoʻydi.

    -80 kg: Javohir Ummataliyev — Nurbek Oralbay (Qozogʻiston) 5:0

    -90 kg: Toʻrabek Xabibullayev — Sagʻindik Togʻambay (Qozogʻiston) 5:0

    -51 kg: Feruza Kazakova — Mungunsaran Balsan (Moʻgʻiliston) 5:0

    -65 kg: Navbahor Hamidova — Sacha Hikkey (Angliya) 4:1

    -60 kg: Abdumalik Xalokov — Bibars Jeksen (Qozogʻiston) 5:0

    -65 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev — Yertugʻan Zeinulinov (Qozogʻiston) 5:0

    -75 kg: Fazliddin Erkinboyev — Hamza Sriri (Belgiya) 5:0

    +90 kg: Jahongir Zokirov — Omar Shiha (Norvegiya) 5:0

    Dasturga koʻra, bugun musobaqada dam olish kuni.